Afg‘onistondagi portlashda "Tolibon"ning 7 a’zosi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlashda "Tolibon"ning 7 a’zosi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida 8 may kuni portlash yuz berishi oqibatida 7 nafar “Tolibon” vakili halok bo‘ldi.

Bu haqda Aamaj News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, portlash oqibatida jami 14 kishi jarohatlangan. Ular viloyat markaziy kasalxonasiga joylashtirilgan.

Aamaj News xabar berishicha, noma’lum mototsiklchi Badaxshon markazidagi Fayzobod shahrida harakatlanib kelayotgan “Tolibon” harbiylari karvoniga hujum qilgan. Portlash sodir bo‘lib, harbiylar voqea joyida vafot etgan.

“Tolibon” vakillari terroristik hujum haqida izoh bermagan. bu haqda hech narsa demagan. Hozircha hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Badaxshon o‘lkasida portlashdan so‘ng tekshiruv kuchaytirilgan. Tuman markazida harbiylar nazorat olib borayotgani bildirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!