Rossiyalik sharhlovchi nega Ravshan Ermatovni  haqorat qildi?

Rossiyalik sharhlovchi nega Ravshan Ermatovni  haqorat qildi?

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Twitter JCH-2018 musobaqasida Argentina - Xorvatiya uchrashuvi hakami o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov haqorat qildi.

Sharhlovchi ma’lum vaziyatda futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatmagani uchun o‘zbekistonlik hakamdan norozi bo‘ldi.

Keyinroq Utkin jahl ustida yozgan fikrini yushatish uchun yana bir tvit qoldirdi:

"Mana, Rovshan Irmatov, bo‘larkanu. Aqlni ishlatish hech qachon kechmas. Kechirildi, bingo!!" - deb yozadi u.

Uchrashuvning ertasi kuni o‘zbekistonlik hakam sha’niga qilgan haqoratini Utkin hamma ishqibozlar hakamlarni ichida haqorat qilishi bilan bog‘ladi. Ermatovning himoya qilganlarga "mening ishqibozlik qilishimga xalal bermang" deb javob berdi.

Utkindan norozi bo‘lgan futbol ishqibozlari #utkinizvinis xeshtegi bilan unga norozilik bildirdilar.

Ta’kidlash joiz, Utkinning o‘zi ushbu tviti sababli Tvitterda minglab haqoratlar ostida qolib ketdi va haqoratlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!