Rossiyalik qaroqchilar yillik kino kinopremyeralarning qariyb yarmini tarmoqqa joylashgan – bizdachi?

Rossiyalik qaroqchilar yillik kino kinopremyeralarning qariyb yarmini tarmoqqa joylashgan – bizdachi?

Group-IB ekspertlarining ma’lum qilishicha, 2017 yilda foydalanuvchilar hammasi bo‘lib 10 milliard marta qaroqchilik kontentlariga so‘rov yo‘llashgan. Mazkur qora bozor bu yil 21 foizga o‘sgan va reklamalar hisobiga 85 million dollarga yetdi. Qaroqchilar jami 211 ta mashhur filmlar va seriallarning noqonuniy nusxalarini  e’lon qilishgan. Bu 2016 yilgi ko‘rsatkichlardan olti barobar ko‘pdir. 2018 yilning faqat o‘tgan oylarida qaroqchilar 280 ta noqonuniy nusxalarni tarmoqlarga joylagan. Bu rasmiy prokatlarning taxminan yarmini tashkil etadi.

Qaroqchilar yangi texnologiyalarni faol o‘zlashtirmoqdalar, masalan, ko‘p hollarda   CDN (Content Distribution Network) tarmoqlarini. Bu tarmoq butun dunyoda amal qilayotgan server quvvati bilan faoliyat yuritadi. U qaroqchilar saytlarini sifatli kontentlar bilan to‘ldirishni osonlashtiradi hamda tezlashtiradi. Oddiy qaroqchilik  CDN-servis odatda noqonuniy videolarning taxminan 300 mingtasini taklif etadi.Hozirda shunga o‘xshash saytlar muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda, chunki ularda internet-kazinolar va boshqa turli o‘yin saytlari reklama qilinadi. Tabiiyki, ular bundan  yaxshigina mablag‘ topadi. Ularni qidirish trafiklari bu yil 12 foizga o‘sdi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, har ming marta ko‘rilgan kino qaroqchilarga 3 ming dollar ishlab olish imkonini berar ekan. Yirik saytlar bunday qonunbuzarliklar ortidan oyiga 10 ming dollargacha ishlaydi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!