Rossiyada yana bir harakat «terrorchilar» ro‘yxatiga kiritildi

Rossiyada yana bir harakat «terrorchilar» ro‘yxatiga kiritildi

Rosfinmonitoring «YA/Mi Sergey Furgal» mintaqalararo jamoat harakati»ni «terrorchilar va ekstremistlar» reestriga kiritdi, deb yozadi TASS 26 aprel, juma kuni departament ma’lumotlariga tayanib.

Fevral oyida Xabarovsk o‘lkasi sudi «harakat»ning Rossiya hududidagi faoliyatini noqonuniy deb topdi va uni «ekstremistik» tashkilot deb e’lon qildi. Shu bilan birga, «Meduza» yozishicha, ochiq manbalarda «o‘z uyushmasini «YA/Mi Sergey Furgal» deb ataydigan faollar guruhi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q».

Shuningdek, Adliya vazirligi «terrorchilar» ro‘yxatiga yana bir mavjud bo‘lmagan harakatni qo‘shishni talab qildi

Rossiya Adliya vazirligi 26 aprel, juma kuni shuningdek, «Antirossiyskoye separatistskoye dvijeniye»ni «ekstremistik tashkilot» deb tan olishni talab qildi, deyiladi vazirlik saytida. Adliya vazirligi ushbu «xalqaro ijtimoiy harakat» «Rossiyaning ko‘p millatli birligi va hududiy yaxlitligini buzish» bilan shug‘ullanadi, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!