7 oktabrdan beri G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida 8572 talaba halok bo‘ldi

7 oktabrdan beri G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida 8572 talaba halok bo‘ldi

2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida 8572 nafar talaba, bosib olingan G‘arbiy Sohilda yana 100 nafar falastinlik talaba halok bo‘ldi.

Bu haqda WAFA agentligi Falastin ta’lim vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu vaqt ichida G‘azoda 14 089 nafar, G‘arbiy Sohilda esa 494 nafar talaba jarohat olgan.

Bundan tashqari, G‘arbiy Sohilda 349 nafar talaba Isroil kuchlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktabrdan beri Falastin anklavida va G‘arbiy Sohilda 497 nafar o‘qituvchi va maktab rahbari halok bo‘lgan, yana 3402 nafari yaralangan.

Isroil kuchlari bosib olingan Falastin yerlarida kamida 109 nafar o‘qituvchi va rahbarni hibsga oldi.

G‘azo sektorida 353 ta davlat maktabi, universitet va universitet binolari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga tegishli 65 maktab Isroil tomonidan o‘qqa tutildi, ulardan 93 tasi butunlay vayron bo‘ldi. 139 tasi esa jiddiy zarar ko‘rgan.

Bundan tashqari, G‘arbiy Sohildagi 57 ta maktab hujumga uchragan va vayron qilingan, G‘azo sektoridagi 133 ta davlat maktabi turar joy sifatida foydalanilmoqda.

G‘azo sektoridagi 620 mingdan ortiq talaba Isroil hujumlari boshlangan 7 oktabrdan beri ta’limdan mahrum bo‘lgan, ularning aksariyati og‘ir sog‘lik sharoitida, travma va psixologik muammolardan aziyat chekmoqda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktabrdan beri uyushtirgan hujumlarida 37,9 ming falastinlik, jumladan, kamida 15,694 nafar bola va 10,279 nafar ayol halok bo‘lgan, yana 86,060 nafar falastinlik jarohat olgan.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 7-oktabrdan beri Isroil harbiylari va Falastin yerlarini o‘zlashtirgan isroilliklarning hujumlari oqibatida 556 nafar falastinlik halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!