Tolibon AQSh pozisiyasini olqishladi

Tolibon AQSh pozisiyasini olqishladi

Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar doirasida Tolibon Afg‘onistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish haqidagi AQSh (va bir qator boshqa mamlakatlar) «va’dasini» olqishladi.

“Bugungi uchrashuv juda yaxshi o‘tmoqda. Aksariyat davlatlar Afg‘onistonning xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bank va iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga va’da berildi”, - dedi Afg‘oniston hukumati voizi Zabihulloh Mujohid.

“Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozisiyasi olqishga loyiq”, - deya qo‘shimcha qildi Mujohid.

Bu BMTning uchinchi shunday yig‘ilishi, Tolibonning esa o‘zi ishtirok etayotgan bir qator uchrashuvlarning birinchisidir.

Ma’lumot uchun, xalqaro hamjamiyat 2021 yil avgustidan buyon «Tolibon» harakatiga yetakchilik qilib kelayotgan Afg‘onistonning amaldagi hukumatini hali rasman tan olgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!