Bild Isroilning Livanga bostirib kirishi mumkin bo‘lgan sanani ma’lum qildi

Bild Isroilning Livanga bostirib kirishi mumkin bo‘lgan sanani ma’lum qildi



Isroil iyul oyining ikkinchi yarmidayoq Livan janubida «Hizbulloh» harakatiga qarshi harbiy operasiya boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda Germaniyaning Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb diplomatlari Isroil harbiy amaliyoti «iyul oyining uchinchi yoki to‘rtinchi haftasida» boshlanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

📣 Avvalroq, Livan-Isroil chegarasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskinlashuv fonida ko‘plab davlatlar o‘z fuqarolarini Livanni, jumladan Kanada, Germaniya, Niderlandiya va AQShni tark etishga chaqirgan edi.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar ushbu chaqiriqni Isroil Mudofaa vazirligi rahbarining Vashingtonga tashrifidan keyin e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!