Qidiruvdagi shaxs Rossiya Federasiyasidan qaytgach, buvisi uyiga yashiringan

Qidiruvdagi shaxs Rossiya Federasiyasidan qaytgach, buvisi uyiga yashiringan

Byuro organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida barcha qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudning 08.04.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.A.dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatida aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lov qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, to‘lovlarni vaqtida to‘lamaganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Qarzdor 11 yil Rossiya Federasiyasida bo‘lib, qaytib kelgach, G‘ijduvon tumanida buvisining yashash xonadonida yashirinib yurgan. Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilib, tegishli chora ko‘rish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.

Qarzdor otaning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzi qayta hisob-kitob qilinganda 01.06.2024 yil holatida 130,6 mln. so‘mni tashkil qildi.

Hozirda, qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!