Rossiyada birinchi marta 21 yoshli qiz poyezd haydovchisi bo‘ldi

Rossiyada birinchi marta 21 yoshli qiz poyezd haydovchisi bo‘ldi

Rossiyada birinchi marta qiz bola poyezd haydovchisi bo‘ldi.

21 yoshli Sofya Dorofeeva Moskva temir yo‘l va shahar transporti kollejini imtiyozli diplom bilan tugatdi, deb xabar beradi "Rossiya temir yo‘llari" veb-sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan ikki yillik o‘qish davomida Sofya temir yo‘l transportida texnik foydalanish qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, harakat tarkibini o‘rnatish va maxsus trenajyorlarda poyezdlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish qoidalarini o‘rgangan.

Avvalroq, Rossiya temir yo‘llari bosh direktorining o‘rinbosari Oleg Valinskiy mashinist lavozimida ishlash uchun kamida uch yil yordamchi sifatida ishlash kerakligini ta’kidlagan edi.

Rossiyada 2021 yildan boshlab ayollarga mashinist sifatida ishlashga ruxsat berish qonunchilik darajasida rejalashtirilgan. Shunday qilib, 1-yanvardan boshlab Sofya Dorofeeva tajriba orttirish uchun poyezd haydovchisi yordamchisi sifatida ishlashni boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!