Rossiya Ukrainadagi urush uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi

Rossiya Ukrainadagi urush uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi

Germaniya mudofaa vazirining aytishicha, Rossiya Ukrainadagi urush uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ARD telekanaliga bergan intervyusida hozirda Rossiya harbiy omborlari qurol va o‘q-dorilar bilan to‘ldirilganini ta’kidladi.

«Ishlab chiqarilgan mahsulotning ko‘p qismi yoki bir qismi endi frontga ketmaydi, balki omborlarga tushadi», dedi Pistorius.

Germaniya mudofaa vazirining fikricha, Vladimir Putinning harbiy ambisiyalarini qondirish uchun katta miqdordagi qurol kerak.

“Siz sodda bo‘lib, u buni faqat ehtiyotkorlik uchun qilyapti, deb aytishingiz mumkin. Skeptik sifatida aytmoqchimanki, bu holatda u nimanidir rejalashtirayotgani yoki ehtimol nimanidir o‘ylagani uchun shunday qilyapti», - deya qo‘shimcha qildi Pisotrius.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!