Janubiy Koreya AQSh boshchiligidagi kibermashqlarda ishtirok etadi

Janubiy Koreya AQSh boshchiligidagi kibermashqlarda ishtirok etadi

Janubiy Koreyaning Kiberoperasiyalar qo‘mondonligi Shimoliy Koreyadan xavfsizlikka tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda AQSh boshchiligidagi ko‘pmillatli kibermashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Bu haqda Yonhap Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib yozmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning to‘qqiz nafar harbiysi AQShning Virjiniya shtatida o‘tkaziladigan “Cyber Flag” onlayn mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, onlayn-mashqlar kibertahdidlarga qarshi kurashish va dushman kiberhujumlari haqidagi razvedka ma’lumotlarini almashishda ko‘p millatli hamkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!