Rossiya olimlari saratonni davolashda kimyoviy terapiya o‘rnini bosuvchi yangi usulni yaratishdi…

Rossiya olimlari saratonni davolashda kimyoviy terapiya o‘rnini bosuvchi yangi usulni yaratishdi…

Bu ish bilan Moskva viloyatidagi ko‘zga ko‘ringan olimlar shug‘ullanishmoqda. Yangi usul ayni kunlarda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Usul fotoimmunoterapiya deb atalib, bu usuldan foydalanganda, kimyoviy terapiyaga hojat qolmaydi. Asosiysi, bu usulning kimyoviy terapiya kabi organizmga keyinchalik salbiy ta’sir etuvchi asoratlari yo‘q. Davolash ham oddiy. Bemor qoni maxsus uskunaga o‘tkaziladi va bu yerda immunial to‘qimalar bir kecha-kunduz davomida inkubasiya jarayonini boshdan kechiradi. Bu to‘qimalarga qo‘shimcha quvvat baxsh etadi. Shuning hisobiga organizm saratonga qarshi ilgarigidan yuz chandon qattiqroq kurasha boshlaydi va saratonni ortga chekinishga majbur qiladi.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!