Rossiya Dneprga hujum qildi

Rossiya Dneprga hujum qildi

3 iyul, chorshanba kuni Rossiya harbiylari Dneprga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Lisak ma’lum qildi.

«Afsuski, oqibatlarsiz bo‘lmadi. Uch kishi halok bo‘ldi. 18 kishi jabrlangan, ular orasida 14 yoshli qiz ham bor. Bir nechta yong‘inlar sodir bo‘ldi. Vayronagarchilik bor», dedi u.

Keyinroq shahar meri Boris Filatov 4 kishi halok bo‘lgani va 27 kishi yaralangani haqida xabar berdi.

Biroz vaqt o‘tib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 iyul, chorshanba kuni ertalab Rossiyaning Dnepr shahriga bergan zarbalari natijasida kamida besh kishi halok bo‘lgani va 34 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Hujum paytida Dneprdagi «Yujmash» zavodiga bir necha marta zarba berilgan.

Janubiy mashinasozlik zavodi raketa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri korxona bir necha marta hujumga uchragan.

Dneprda 4 iyul Rossiya qo‘shinlarining hujumi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi, dedi shahar meri Boris Filatov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!