Ronaldu: "Bu mening so‘nggi Yevroim"

Ronaldu: "Bu mening so‘nggi Yevroim"

Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionati chorak finalida Fransiyaga qarshi bahs olib boradi. Krishtianu Ronaldu Sloveniyaga qarshi o‘yindan so‘ng bu haqda fikr bildirdi.

"Bizni Fransiyaga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi, ammo biz kurashishga tayyormiz. Men terma jamoa libosini kiyganimda doim bor kuchimni beraman. Men hech qachon qiyinchiliklarga duch kelishdan qo‘rqmaganman va hech qachon taslim bo‘lmaganman, buni mendan hech qachon eshitmaysiz. Lekin ha, shubhasiz, bu mening so‘nggi Yevroim”, — dedi Ronaldu RTP nashriga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!