Rio-de-Janeyroda kuchli yog‘ingarchilik tufayli olti kishi halok bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda kuchli yog‘ingarchilik tufayli olti kishi halok bo‘ldi

Olti kishi Rio-de-Janeyroda kuchli yomg‘ir qurboni bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

6 fevral kuni Braziliya shahrida yomg‘ir va kuchli shamol esganligi ma’lum qilindi.

Shamol tezligi esa momaqaldiroqlar bilan birga 110 m/s ga yetdi. Shahar ma’muriyati xabariga ko‘ra, 100 dan ortiq daraxtlar kuchli shamol sabab ag‘darilib ketgan.

Avtomobillar qatnovi to‘xtab qoldi. Ko‘plab fuqarolar chiroqsiz qolishdi.

Rio-de-Janeyroda marhumlar xotirasiga bag‘ishlab 3 kunlik motam e’lon qilindi. Shahar hokimiyati odamlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!