Rim papasi mart oyida Iroqqa yo‘l olmoqchi

Rim papasi mart oyida Iroqqa yo‘l olmoqchi

Rim papasi Fransisk kelgusi yilning 5-8 mart kunlari Iroqqa safar qiladi, deya xabar bermoqda “Al-Jazira”. Agar safar amalga oshsa, u Iroqqa kelgan ilk papa bo‘ladi. 

Vatikan rasmiy vakili Matteo Bruni safar dasturi keyinroq e’lon qilinishini va dasturda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat e’tiborga olinishini bildirdi. Kelgusi haftada 84 yoshni qarshi olishi kutilayotgan Fransisk Iroqning beshta shahriga, jumladan, Bag‘dod, Erbil va Mosulga bormoqchi. 

Papaning joriy yilga rejalashtirilgan barcha safarlari koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan. 

Iroq hukumati Vatikanning bayonotini iliq kutib oldi va papaning safari “tarixiy voqea” bo‘lishini ma’lum qildi. Prezident Barhom Solih 2019 iyulida papani Iroqqa taklif qilgan va uning safari uzoq yillik urushni boshidan o‘tkazgan mamlakat uchun “shifo” bo‘lishiga umid bildirgandi.   

Ayni payt Iroqda 100 mingga yaqin nasroniy yashaydi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!