Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi. Bolalar ombudsmani holatni o‘z kuzatuviga oldi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi. Bolalar ombudsmani holatni o‘z kuzatuviga oldi

⚡️OAVlarda «Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi» mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕

📌 Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009 yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023 yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006 yilda tug‘ilgan SH.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. 2024 yil 6 may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.

Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🖇 Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!