"PSJ" Mbappe o‘rniga 4 ta yulduzdan birini olib kelmoqchi

"PSJ" Mbappe o‘rniga 4 ta yulduzdan birini olib kelmoqchi

"PSJ" yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"Real" bilan deyarli kelishuvga erishgan Kilian Mbappe tez orada Luis Enrike jamoasi safini tark etadi. 25 yoshli forvarddan ayriladigan parijliklar uning o‘rniga boshqa bir yulduz futbolchini sotib olmoqchi. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Liga 1 gigantining qisqa ro‘yxatiga hozirda Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»), Rafael Leau («Milan»), Bernardu Silva («Manchester Siti») va Viktor Osimxen («Napoli») kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni "PSJ" Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlab, yarim finalda Dortmundning "Borussiya"siga mag‘lub bo‘ldi (umumiy hisobda 0:2).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!