Xalqaro professional futbolchilar federasiyasi FIFAni sudga berishmoqchi

Xalqaro professional futbolchilar federasiyasi FIFAni sudga berishmoqchi

Futbolchilar taqvimdan norozi.

Xalqaro professional futbolchilar federasiyasi (FIFPro) taqvim yuzasidan FIFAni sudga bermoqchi, deb xabar bermoqda VVS.

Qayd etilishicha, FIFPro FIFAning 2025 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formatini 32 ta jamoagacha kengaytirish istagidan norozi. Federasiyaga ko‘ra, joriy taqvim sog‘lom fikr doirasidan chiqib ketgan, qit’a turnirlari va terma jamoalar o‘yinlari tufayli milliy chempionatlarni o‘tkazish tobora qiyinlashib bormoqda. Shu sababli o‘yinchilarning jarohatga moyilligi oshib ketgan.

FIFA hali FIFPro da’volariga javob bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!