Toshkentda o‘quvchilar «qartabozlik» qilishdimi? Holatga aniqlik kiritildi

Toshkentda o‘quvchilar «qartabozlik» qilishdimi? Holatga aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida «Maktabmi bu yo KAZINOMI?» sarlavhasi ostida tarqalgan video xabar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr-noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabning 10-«E» sinf o‘quvchilari R.R., A.A., A.SH. lar ishtirokida informatika darsi chog‘ida yuz bergan. O‘quvchilar ustoziga bildirmasdan «qartabozlik» qilishgan, bu holatni o‘qituvchi ko‘rmagan.

Bu voqea o‘sha paytning o‘zida maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z navbatida o‘quvchilarning ota-onalaridan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tishgan.

Afsuski, eski video tasvirning qariyb ikki yildan so‘ng, yana ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta chop etilganligi tashvishlanarlidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!