AQSh Xitoydan elektromobillar uchun bojxona to‘lovlarini oshiradi

AQSh Xitoydan elektromobillar uchun bojxona to‘lovlarini oshiradi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati kelgusi hafta Xitoydan keladigan toza energiya mahsulotlariga tariflarni oshirishga va elektr transport vositalariga soliqlarni taxminan to‘rt baravar oshirishga tayyorlanmoqda.

AQSh matbuoti xabarlariga ko‘ra, Xitoyning toza energiya mahsulotlari eksportini oshirayotgani belgilari Vashingtonda xavotir uyg‘otdi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden ma’muriyati yaqin kunlarda Xitoydan olib kelingan toza energiya mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini oshirishga hozirlik ko‘rmoqda va Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun soliq taxminan 4 barobar oshiriladi.

Tariflar 14 may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda va Xitoyda ishlab chiqariladigan muhim minerallar, quyosh energiyasi mahsulotlari va batareyalarga ta’sir qiladi.

AQSh rasmiylari elektromobillar importiga e’tibor qaratmoqda va boj stavkasini 25 foizdan taxminan 100 foizga oshirishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!