Ko‘kdala tumanida yetishtirilayotgan tarvuzlar pishdi

Ko‘kdala tumanida yetishtirilayotgan tarvuzlar pishdi

Ko‘kdala tumani dehqonlari tarvuzchilikda o‘ziga xos tajriba yaratgan. Har yili ko‘kdalalik tarvuzchilarning hosili tayyor bo‘lishini hatto eksportchi korxonalar ham poylab turadi. Boisi u yerda yetishtirilgan tarvuzlar nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham xaridorgir.

Ko‘kdalalik dehqonlar yildan yilga tarvuzchilikda samarador texnologiyalarni qo‘llamoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda. Kuni kecha Ko‘kdala tumani «Jamshid Jumanazarov» fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan tarvuzlar pishdi.

«Joriy yilda 25 gektar maydonga tarvuz ekilgan, shundan dastlabki 1 tonnasi mahalliy bozor rastalariga yetkazib berildi. Mavsumda tarvuzning har gektaridan 30 tonnadan, qariyb 750 tonna hosil olishni reja qilganmiz. Yetishtirilgan hosil asosan eksportga yo‘naltiriladi» – deydi tadbirkor S.Jumanazarov.

Darhaqiqat, bir necha yillar oldin faqat chorvachilik bilan kun ko‘rib, minglab gektar maydonlardan yaylov sifatida foydalangan ko‘kdalaliklar hozirgi kunda dehqonchilik ayniqsa, tarvuz-qovun yetishtirishda odimlab ketishdi. Ularning bugungi faoliyati va erishayotgan natijalari bunga yaqqol misol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!