Turkiya Shushada konsullik ochish uchun ariza topshirdi

Turkiya Shushada konsullik ochish uchun ariza topshirdi

Turkiya respublikaning Qorabog‘ viloyatining Shusha shahrida konsullik ochish uchun Ozarbayjonga murojaat qildi. Bu haqda bugun Turkiyaning Bokudagi elchisi Cahit Bagji jurnalistlarga ma’lum qildi.

Diplomatning aytishicha, bu borada maslahatlashuvlar olib borilmoqda.

«Xonkendida konsullik ochish uchun shahar tayyor bo‘lishi kerak. Shushada konsullik ochish uchun ariza topshirdik. Bu borada ikki davlat o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda», - dedi Bagji.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya «bu jarayonni baholamoqda va vaqti kelganda ma’lum qilinadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!