Eron, Xitoy va Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi demokratiyani faol ravishda yo‘q qilmoqda

Eron, Xitoy va Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi demokratiyani faol ravishda yo‘q qilmoqda

Eron, Xitoy va Rossiya AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazish uchun sa’y-harakatlarini kuchaytirdi, deb ogohlantirdi Federal qidiruv byurosi. AQShning barcha raqiblari sun’iy intellekt taqdim etgan yangi imkoniyatlardan o‘z maqsadlari uchun foydalanmoqda, deb yozadi The Hill.

Bu davlatlar Amerika jamiyatida bo‘linishni yanada kuchaytirishga va demokratik jarayonlar va institutlarga ishonchni susaytirishga intilmoqda.

Xitoy allaqachon Rossiya tomonidan qo‘llanilgan usullardan, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar yaratish va dezinformasiya tarqatishdan foydalanmoqda.

Rossiya esa saylovlar halolligiga va uning natijalariga ishonchni susaytirish uchun hukumat tizimlariga kirish imkoniga ega agentlarni safarbar qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!