Xorijda o‘qiyotgan talabalar bo‘yicha O‘zbekiston TOP- 5 talikka kirdi

Xorijda o‘qiyotgan talabalar bo‘yicha O‘zbekiston TOP- 5 talikka kirdi

YUNESKO xorijda tahsil olayotgan talabalar bo‘yicha 2021 yildagi hisobotini taqdim qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil davomida xitoylik va hindistonlik talabalar xorijga o‘qishga ketish bo‘yicha yetakchilik qilgan. Bunga mazkur davlatlardagi aholining ko‘pligi va o‘qishga bo‘lgan talabning yuqoriligi sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotga ko‘ra, 2021 yilda 1 mln. nafardan ortiq xitoylik talaba chet elda tahsil olgan bo‘lsa, shu raqamlarning qariyb teng yarimicha bo‘lgan hindistonliklar ham xorijda o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirgan.

Yoshlari xorijda eng ko‘p o‘qiyotgan davlatlar ichida Vyetnam 3-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, O‘zbekiston ham talabalari eng ko‘p xorijda o‘qiydigan davlatlar qatoridan o‘rin olgan. Mamlakatimiz 2021 yilgi statistikada 5-o‘rinni olgan bo‘lib, o‘sha yilgi hisob-kitobga ko‘ra, 100 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik talaba xorijda tahsil olishda davom etgan.

Ma’lumot o‘rnida, eng ko‘p talabani o‘z bag‘rida jamlagan davlat AQSh bo‘lgan. Bu davlatga 2021 yilda 833 ming nafar xorij talabasi o‘qish uchun borgan.

601 ming nafar talabani bag‘riga olgan Buyuk Britaniya esa 2-o‘rinni egallagan.

Hisobotda yozilishicha, yildan yilga talabalarning xorijda o‘qishga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Masalan, 2001 yilda dunyo bo‘yicha 2,2 mln. nafar talaba chet davlatlarga o‘qish uchun borgan bo‘lsa, 2021 yilda bu sonlar 6,39 mln. ni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!