PSJ Mbappesiz kelasi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi

PSJ Mbappesiz kelasi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi

PSJ 2024/25 yilgi mavsum uchun uy libosini namoyish qildi.

PSJning yangi libosi jamoa 2022/23 yilgi mavsumda kiygan libosiga juda o‘xshaydi. O‘sha mavsumda o‘rtadagi keng chiziq oq edi, ammo bu mavsumda u qizil bo‘ladi. Dizayn deyarli bir xil.

E’tiborlisi, jamoaning yulduz hujumchisi Kilian Mbappe yangi forma taqdimotida ishtirok etmadi.

PSJ Mbappening ketishini hali rasman e’lon qilmagan, biroq yakshanba kuni "Tuluza"ga qarshi o‘yin vaqtida xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!