Insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan tabiiy ofat: Turkiya TIV Braziliyaga hamdardlik bildirdi

Insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan tabiiy ofat: Turkiya TIV Braziliyaga hamdardlik bildirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Braziliyada sodir bo‘lgan va o‘nlab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan tabiiy ofat yuzasidan bayonot berdi.

«Braziliyada kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va ko‘p zarar ko‘rganidan chuqur qayg‘udamiz», — deyiladi bayonotda.

Matn shunday davom etadi: «Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Braziliya hukumati va xalqiga hamda qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi».

Braziliya janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida o‘tgan haftadan beri davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida o‘nlab odamlar suv toshqini qurboni bo‘ldi.

Shtat fuqarolik mudofaasi bo‘limi tomonidan berilgan bayonotda qurbonlar soni 107 nafarga, bedarak yo‘qolganlar soni 136 nafarga, jarohatlanganlar esa 374 nafar kasalxonaga yotqizilgani, qidiruv-qutqaruv ishlarining uzluksiz davom etgani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!