Toshkent viloyatida noqonuniy ov qilib yurganlarga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida noqonuniy ov qilib yurganlarga chora ko‘rildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Toshkent viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Olmaliq tumani, «A.Qodiriy» mahallasi hududida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida ov qurollari bilan yurgan ovchilar aniqlandi. Tekshiruv davomida esa ularda ov uchun maxsus ruxsatnomalar yo‘qligi va noqonuniy ov qilib yurganliklari ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan ikki nafar huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzarga BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga belgilandi.

Ma’lumot uchun, ov qilish qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, fuqarolarga BHMning 10–15 baravari (3 million 400 ming – 5 million 100 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa BHMning 15–20 baravari (5 million 100 ming – 6 million 800 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 15–20 baravari (5 million 100 ming – 6 million 800 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa BHMning 20–30 baravari (6 million 800 ming – 10 million 200 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Bu huquqbuzarlik bir yil davomida uchinchi marta sodir etilsa, shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 20–25 baravari ((6 million 800 ming – 8 million 500 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa BHMning 30–40 baravari (10 million 200 ming – 13 million 600 ming so‘m) miqdorida jarima solishga yoxud uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!