AQSh Kongressida budjetdagi kelishmovchiliklar NASA ishiga putur yetkazadi

AQSh Kongressida budjetdagi kelishmovchiliklar NASA ishiga putur yetkazadi

AQSh Kongressidagi Demokratik va Respublikachilar partiyalari vakillari o‘rtasidagi 2024 yilgi budjetni qabul qilish bo‘yicha kelishmovchiliklar Milliy Aeronavtika va kosmik agentlik (NASA) ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Science News nashridagi maqolada qayd etilishicha, NASAning «koinotni keng tadqiq etishi xavf ostida» Respublikachilar va demokrat ko‘pchilik AQSh Kongressi Vakillar palatasida 2024-moliya yili uchun budjet bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani va agentlik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlamasligi uzoq davom etgan.

Nashrning qayd etishicha, NASA budjeti qisqartirilishidan Marsdan tuproq va tog‘ jinslari namunalarini Yerga tashish loyihasini amalga oshirish va agentlikning boshqa sayyoraviy ilmiy tadqiqotlari eng ko‘p zarar ko‘rgan.

«Koinotni tadqiq qilish orzulari Qo‘shma Shtatlardagi budjetni qisqartirish haqidagi og‘ir haqiqat bilan to‘qnash keldi», deb ta’kidlaydi nashr.

Science News Kongress tomonidan tasdiqlangan kechiktirilgan 2024 yil budjeti NASAga o‘tgan yilga nisbatan «taxminan yarim milliard dollar kamroq» ajratganiga ishora qilmoqda. Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, mablag‘larning bu qisqarishi Mars tadqiqotiga «eng kuchli zarba» bo‘lgan.

Ilgari NASA «budjet tanaffusi» tufayli boshqa sayyoralarda burg‘ulash va sun’iy yo‘ldoshlar ustida ishlashni to‘xtatgan edi.

Agentlikning Kaliforniyadagi laboratoriyasi fevral oyida 530 nafar xodimni (jami ishchi kuchining 8 foizi) mablag‘ yetishmasligi sababli ishdan bo‘shatishini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!