Vengriya Xitoyni qo‘llab-quvvatladi

Vengriya Xitoyni qo‘llab-quvvatladi

Vengriya Xitoyning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi bosh vazir Viktor Orban Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan qo‘shma konferensiyada.

"Xitoy yangi dunyo tartibining ustunlaridan biridir. Biz Si Szinpin taqdim etgan Xitoy tinchlik tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Orban.

Vengriya bosh vaziri ham Yevropa “bugungi kunda urush tarafida” degan fikrini takrorladi. “Vengriya bundan mustasno, chunki u zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqiradi va tinchlikka erishishga qaratilgan barcha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!