«Bugungi davrda matbuot — nafaqat ko‘zgu, balki mudofaa, xavfsizlik masalasi darajasidagi institutdir» — Komil Allamjonov

«Bugungi davrda matbuot — nafaqat ko‘zgu, balki mudofaa, xavfsizlik masalasi darajasidagi institutdir» — Komil Allamjonov

Prezident administrasiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, unda so‘z erkinligi, milliy kontent va bolalar uchun sifatli media mahsulotlarni yaratish masalalari muhokama qilingan.

«Shu o‘rinda Prezidentimizning matbuot va so‘z erkinligi borasidagi pozisiyalari juda qat’iyligi, ochiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erishish qiyinligi yana bir bor ta’kidlandi.

Albatta, muammolar ko‘p. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda o‘zgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot o‘rniga xaos paydo bo‘lishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Afsuski, bunday holatlar bo‘ldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb o‘ylayman.

Rivojlanish hech qachon silliq bo‘lmaydi. O‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘ladi. So‘z erkinligi – bu barchaning huquqi. Matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham. Shu muvozanatni ushlash muhim. Demak, ortga yo‘l yo‘q – bu aniq. Faqat oldinga. Oldinga – huquq, me’yor va qonun doirasida, oldinga.

Hali yana ko‘p muammolar bo‘lishi mumkin va bu tabiiy. Lekin bu muammolar biz boshlagan islohotlarga soya solmasligi kerak. Chunki bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofaa, xavfsizlik masala darajasidagi institutdir», – deb yozadi Komil Allamjonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!