Toshkentda qizchalarini shirinlik sotishga majburlagan onalar ogohlantirildi

Toshkentda qizchalarini shirinlik sotishga majburlagan onalar ogohlantirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani hududida voyaga yetmagan bolalarning yo‘l bo‘yida shirinliklar sotib yurganligi haqidagi xabar chop etildi.

Xabarda aks ettirilgan holat tuman hokimligining tegishli mas’ullari, ko‘rsatilgan manzil yaqinida joylashgan masjid imomi va boshqa mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida Ubay ibn Ka’b masjida oldida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi uch nafar ayollar farzandlari bilan yengil pul topish maqsadida tilanchilikka chiqqanligi va shirinlik sotib yurgan qizchalar shu ayollarning farzanlari ekanligi aniqlandi.

Ushbu ayollarga tushuntirish berildi va yana shunday tartibbuzarlik qilinsa, bolalarning hayotini xavf ostida qoldirib, shirinlik sotishlariga yo‘l qo‘yilsa, bolalarni himoya qilish komissiyasi tomonidan ota-onalarga chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirish berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!