Bo‘stonliqda kadastr xodimini kaltaklangan shaxslarga "ish" ochildi

Bo‘stonliqda kadastr xodimini kaltaklangan shaxslarga "ish" ochildi

Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda kaltaklangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Kadastr agentligi Millar telekanaliga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashovchi fuqaroning qo‘shnisi tomonidan yo‘l berkitilib, devor qurilganligi yuzasidan yo‘llangan murojaatni Kadastr xodimi joyiga chiqib o‘rganish davomida videotasvirdagi holat yuz bergan.

Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!