«Qamchiq» dovonidagi vaziyat bo‘yicha ma’lumot berildi

«Qamchiq» dovonidagi vaziyat bo‘yicha ma’lumot berildi

Hozirda A-373 avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jala yog‘ishi ortidan yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!