Angliya Premyer-ligasining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Angliya Premyer-ligasining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

"Everton" bosh murabbiyi Shon Daych Angliya Premyer-ligasida o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan oyda "irislar" chempionatda 6 ta o‘yin o‘tkazishdi.

Ularda jamoa 4 ta g‘alaba, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Mersisaydlar 4 ta g‘alabali o‘yinning birortasida gol o‘tkazib yuborishmadi. Shon Daych faoliyatida 3-marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Eng yaxshi murabbiy nominasiyasiga Mikel Arteta ("Arsenal") va Pep Gvardiola ("Manchester Siti") ham da’vogarlik qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!