Netanyaxu Isroil yolg‘iz kurashish uchun yetarli kuchga egaligini aytdi

Netanyaxu Isroil yolg‘iz kurashish uchun yetarli kuchga egaligini aytdi

Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti tufayli xalqaro tanqidlar ostida qolgan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklar kerak bo‘lsa, yakka o‘zi jang qilishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 may kuni kechqurun e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi, deb yozadi VVS.

"Agar o‘zimiz uchun yolg‘iz turishimiz kerak bo‘lsa, demak, o‘zimizni o‘zimiz himoya qilamiz. Kerak bo‘lsa, tish-tirnog‘imiz bilan kurashamiz va g‘alaba qozonamiz", – degan Netanyaxu.

Qayd etish joizki, AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil G‘azo sektorining boshqa hududlarida urushlardan qochgan milliondan ortiq qochqinlar to‘plangan Rafah shahrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Isroilga harbiy ta’minotni yanada qisqartirish bilan tahdid qilgan.

Bunga javoban Netanyaxu 1948 yildagi Isroil mustaqillik urushini yodga oldi.

"76 yil oldin mustaqillik urushida ko‘pchilikka qarshi qurolimiz yo‘q edi, hatto Isroilga qarshi qurol embagrosi ham bor edi, lekin bunga qaramay biz g‘alaba qozondik", – deydi Isroil Bosh vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!