Mushaklar zo‘riqishi kalsiy yetishmasligi bilan bog‘liqmi?

Mushaklar zo‘riqishi kalsiy yetishmasligi bilan bog‘liqmi?

📌 Bugun yer yuzi aholisining aksariyat qismi oyoq tomir tortishining u yoki bu turidan aziyat chekadi.

🔶 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qon-tomir kasalliklari, bo‘g‘imlarda tuz yig‘ilishi, revmatizm, venalarning varikoz kengayishi, skleroz, asab xastaliklarining rivojlanishi kabi bir nechta omillar tomir tortishishiga sabab bo‘lishi mumkin.

🟢 — Bu noxush holat beixtiyor yuz beradi va bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin, — deydi tibbiyot fanlari doktori Umida Rustamova. — Tasodifiy og‘riqlar mushaklar zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lib, organizmda minerallar, birinchi navbatda, qonda D vitamini va kalsiy miqdori kam bo‘lganda yuz beradi.

❗️Shuningdek, mushaklar tonusining oshishi asab zo‘riqishi, kamharakatlik, muntazam o‘tirib ishlash, uzoq muddat tik oyoqda turish yoki suvda suzish, organizmning suvsizlanishi va turli kasalliklar bilan ham bog‘lanishi mumkin.

🫳🏻 Odam o‘tirganda, yurganda tomiri tortishsa, bir qo‘l bilan oyoq panjasini yozib, boldir mushaklarini asta-sekin pastga tomon silash lozim.

📌 Ba’zilar oyoq tomirida spazm yuzaga kelayotganini oldindan his etadi. Siz ham ular safida bo‘lsangiz, og‘riq qo‘zg‘alayotganini sezgan zahotingiz, oyoq mushaklarini bo‘shashtiring.

👣 Shunda ham tomir tortishishi kelib chiqsa, o‘tirgan holda oyoq uchini o‘zingizga qaratib, 2-3 daqiqa ushlab turing. Yoki o‘rningizdan turib, asta harakatlaning. Imkoni bo‘lsa, pol ustida oyoqyalang yuring.

‼️ Agar oyoq og‘rib, tomir tortishishi takrorlanaversa, shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!