Hindistonda 85 ta reys bekor qilindi

Hindistonda 85 ta reys bekor qilindi

Hindistonning Air India Express aviakompaniyasi xodimlari yetishmasligi sababli ikkinchi kun ketma-ket ko‘plab reyslarni bekor qilishga majbur bo‘lmoqda. Parvozlar jadvali buzilgani haqida aviakompaniya matbuot xizmati ma’lumot berdi.

“Bugun 283 ta reysni amalga oshiramiz. Biz barcha imkoniyatlarni safarbar qildik. Air India 20 ta reysni amalga oshirish orqali bizni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq 85 ta reys bekor qilingan. Biz yo‘lovchilardan aeroportga borishdan oldin parvoz ma’lumotlarini tekshirishlarini so‘raymiz”, - deyiladi kecha e’lon qilingan xabarda.

Agar parvoz uch soatdan ortiq kechiktirilsa, aviakompaniya to‘lovni to‘liq qaytarishni kafolatlaydi yoki qo‘shimcha to‘lovsiz parvozni keyingi sanaga o‘zgartiradi.

TASS agentligining xabar berishicha, o‘tgan chorshanba kuni aviakompaniya ko‘plab xodimlarini ishdan bo‘shatgan. Jumladan, 25 nafar katta styuardessa ishdan bo‘shatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!