Qirg‘iziston nominal qiymati 5 ming som bo‘lgan yangi banknotani muomalaga kiritdi

Qirg‘iziston nominal qiymati 5 ming som bo‘lgan yangi banknotani muomalaga kiritdi

Qirg‘izistonda 2024 yilning 10 mayidan boshlab milliy valyutaning 2023 yilgi yangi beshinchi seriyadagi nominal qiymati 5 ming som bo‘lgan banknot muomalaga kiritildi.

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil namunasidagi besh ming somlik banknotning old tomonida qirg‘izistonlik taniqli aktyor va rassom S. Choqmorovning portreti, orqa tomonida esa “Ala-Too” kinoteatri binosi joylashgan. Banknotning asosiy rangi va o‘lchami ham o‘zgarishsiz qoldi.

5 000 somlik banknot qalbakilashtirishdan ishonchli himoyani ta’minlovchi zamonaviy xavfsizlik elementlarining uch darajali majmuasini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Qirg‘izistonda Bank xodimlari kuni nishonlanadi. Bugun mamlakat o‘z milliy valyutasi – suveren davlatning ajralmas ramziga aylangan qirg‘iz somini muomalaga kiritganiga 31 yil to‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!