Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi: Makron Olimpiada oldidan boshpanasizlarni ko‘chirib yuboryapti

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi: Makron Olimpiada oldidan boshpanasizlarni ko‘chirib yuboryapti

Makron Parij Olimpiadasi oldidan «ijtimoiy tozalash» va «qashshoqlikni yashirishga» urinishda ayblanmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Tabloid nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti Sena sohilidagi boshpanasiz lagerlarni tozalash uchun maxsus kuchlarni yuborgan. Nashrga muhojirlardan birining aytishicha, ularning hammasi hozir qo‘rquvda yashamoqda, chunki “[hokimiyat] ularning «bu yerda bo‘lishini» istamaydi.

Asosiy maqsad – xorijiy delegasiyalar kelguniga qadar Parijdan barcha chodirlar va uxlash uchun qoplarni olib tashlash. Shahar meriyasi yonidagi lagerdan haydalganlar shahardan 400 km uzoqlikda olib ketilgan, deb yozadi Daily Mail..

Le Revers de la Medaille xayriya guruhining hisobotida aytilishicha, uysizlarni ko‘chirish soni tobora ortib bormoqda va O‘yinlar arafasida ko‘payadi. Rasmiylar «ijtimoiy tozalash» ni inkor etib, lagerlarni «gigiyena va xavfsizlik nuqtai nazaridan» yopayotganini aytishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!