O‘zbekiston hududlarida «Chet elda ish mahalladan boshlanadi» tamoyili joriy etiladi

O‘zbekiston hududlarida «Chet elda ish mahalladan boshlanadi» tamoyili joriy etiladi

Prezident bilan bugungi mahallalarda bandlik va tartibli mehnat migrasiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shular haqida so‘z bordi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Hozirgi murakkab sharoitda aholini ish va daromad manbai bilan ta’minlashning asosiy manbai ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etishdir, dedi davlatimiz rahbari.

Fuqarolarni xorijga ishlash uchun tashkiliy va xavfsiz jo‘natish, shuningdek, vataniga qaytgan migrantlarning bandligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.

Bu borada Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi faoliyati isloh qilinadi. «Xorijdagi ish mahalladan boshlanadi» tamoyili barcha hududlarda hayotga tatbiq etilmoqda.

Etarli malakaga ega bo‘lmagan fuqarolar chet ellik ish beruvchilar talablariga muvofiq maqsadli o‘qitilib, yuqori daromadli mamlakatlarga ishlashga yuboriladi. Bu yo‘lda jami 150 ming kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!