Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Xiaomi smartfonlaridan ishlatayotganlar yaxshi bilishadi o‘tgan yilning kuzida birdaniga reklama chiqishi ko‘payib ketgandi. Korporasiya rahbarlaridan biri buni: Bu smartfonlarimiz arzonligi evaziga kompensasiya qabilida izohlagan.

Kuni kecha Xiaomi korporasiyasi o‘zining o‘tgan yilgi faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, xitoycha Apple internet-servislarda, shuningdek, MIUI proshivkasi orqali reklama ko‘rsatgani uchun ham yaxshigina daromad olayotgan ekan.

Proshivkada ko‘rsatiluvchi reklama kompaniyaning internet-servislar bo‘limiga tegishli bo‘lib, Xiaomi ga bultur ushbu bo‘limdan tushgan umumiy daromad 2017 yildagiga nisbatan 61,2 foizga o‘sib, 2,38 milliard dollarga yetgan. Mazkur miqdorning 30 foizi bevosita MIUI dagi hamda o‘yinlardagi reklamaga oiddir.Ma’lum bo‘lishicha, MIUI foydalanuvchilari soni oyiga 242 million nafarga to‘g‘ri kelyapti, bu borada yillik o‘sish 41,7 foizga teng. Korporasiya ularga reklama ko‘rsatgani evaziga bir oyda topadigan daromadi esa har bir mijozga salkam 10 dollardan to‘g‘ri keladi!

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!