Rasman! Samvel Babayan — "Lokomotiv" bosh murabbiyi

Rasman! Samvel Babayan — "Lokomotiv" bosh murabbiyi

Toshkentning "Lokomotiv" klubida bosh murabbiy o‘zgardi.

O‘tgan yildan buyon klubni boshqarib kelayotgan Andrey Fyodorov o‘rnini Samvel Babayan egalladi.

Bizningcha bu tayinlov juda qiziqarli bo‘ldi. Sababi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida Toshkentning boshqa bir klubi "Paxtakor"da faoliyat olib borgan Babayan bir necha bor chempionlikka erishdi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Bu davr mobaynida Babayan "Neftchi", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublariga qarshi chempionlik uchun kurashdi. Mana endi ushbu murabbiy "Lokomotiv" tomonida turib "Paxtakor"ga qarshi kurashadi. E’tiborlisi bugungi kunda "Lokomotiv" safida aynan "Paxtakor"da tarbiya topgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Samvel Babayan moliyaviy ahvoli tang bo‘lgan paytda ham "Paxtakor"ni barqaror klub sifatida olib qolishga erishgani ko‘pchilikni yodida bo‘lsa kerak. So‘nggi yillarda "Lokomotiv"da moliyaviy imkoniyatlar yaxshi bo‘ldi, ammo Osiyo chempionlar ligasida ijobiy natijalarga deyarli erishilmadi. Faqat bir marta klub chorak finalga chiqdi xolos.

Endi O‘zbekiston Superligasida Arveladze, Abramov, Kanchelskis, Qosimov, Berdiyev, Babayan to‘qnashuvlari bo‘ladi. Bundan esa albatta muxlislar yutadi. Milliy chempionatimizda mana shunday qiziqarli to‘qnashuvlar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!