Ana xolos! Qo‘shrabotda xudosizlik nihoyatda kuchlimi?

Ana xolos! Qo‘shrabotda xudosizlik nihoyatda kuchlimi?

Viloyat hokimi topshirig‘i bilan tuzilgan Jamoatchilik Nazorat Guruhi (JNG) Qo‘shrabot tumanida ishlayapti.

O‘zim ishlayotgan mahallani ham, qo‘shni mahallalarni ham surishtirdim, bittasida ham masjid yo‘q. Bori ham yopib tashlangan. Bironta mahalla masjidida namoz o‘qilmaydi.

Qo‘shrabotda ateizm nihoyatda kuchli ekan!

Nega chashmalar quriganining, nega quduqlardan “suv qochib ketgani”ning sababini anglaganday bo‘ldim.

Azon ovozi eshitilib turgan yergacha shayton qochar ekan. Qo‘shrabotda azon ovozini eshitmadim.

Jo‘sh atrofidagi bitta ham mahalla masjidi qolmagan, hammasi yopilgan. Bitta Jo‘shdagi masjidga ruxsat berilgan ekan. Bugun, 8 avgust, chorshanba kuni shom namozini jamoat bilan ado qilay, Qo‘shrabotlik namozxonlarni ko‘ray, deya Jo‘shga bordim...

O‘zim azon aytdim, o‘zim takbir aytdim, o‘zim namoz o‘qidim.

Bitta ham namozxoni bo‘lmagan masjidning to‘rt tarafidan videokameralar menga qarab turardi. Ularga qarab murojaaat qildim: “Imom-xatib janoblari! “Masjidlarning haqini ado qilinglar”, deganlar Payg‘ambar alayhissalom, qani masjidning haqini ado qilganlaringiz? Yonginangizdagi to‘yxonalar to‘la! Hammasida qiyqiriq! Kayfu safo! Masjidda bir kishi ham yo‘q!”

Xudo chashmalaringdagi suvni olibdi, quduqlaringni quritibdi, bu sizlarga bir ogohlantirish emasmi? Qachon ko‘zlaring ochiladi? Kattaroq bir balo kelsami? Azon aytib, namoz o‘qib, duo qilib, bu balolarni daf qilmaysizlarmi? Elning chashmasiga, qudug‘iga suv so‘ramaysizlarmi?

Har bir mahalla masjidida besh vaqt namoz o‘qilishiga ruxsat berilishi shart!

Mayli juma namozlarini mahallada o‘qishmasin, iyd namozlarini o‘qishmasin, ammo besh vaqt namozlarini o‘qib turishsin!

Elda azon aytilib tursin!

Elga balo kelmasin!

Karimberdi TO‘RAMUROD,

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!