Qurolli Kuchlar akademiyasiga Fransiya delegasiyasi tashrif buyurdi

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Fransiya delegasiyasi tashrif buyurdi

Fransiya Qurolli Kuchlari delegasiyasi Fransiyada harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.

 Qurolli Kuchlar akademiyasida ofiser va professor-o‘qituvchilar ishtirokida  ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama ishchi uchrashuvning asosiy vazifalari harbiy kadrlarni tayyorlash, ularning malaka darajasini oshirish, favqulodda holatlarda jangovar tayyorgarlik, muammolarini hal qilishda umum nuqtai nazar yondoshuvlarini aniqlashdan iborat.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Fransiyadagi oliy va o‘rta harbiy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta’lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe tomonidan harbiy maktab haqida taqdimot qo‘yildi.

— Harbiy maktabimizda yuqori bosqich leytenantlari akademik ta’lim olishlari uchun biror davlatni tanlashlari kerak, – deydi Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta’lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe. – Men O‘zbekistonni tanladim. Chunki Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi mamlakat. Bu yerning tarixiy shaharlari, mehmondo‘st xalqi doim o‘ziga rom yetib kelgan. Men ilmiy ishimda aynan Amir Temur davlatchiligini o‘rganyapman. Bu esa O‘zbekistonga bo‘lgan hayratimni yanada oshirmoqda.

Shundan so‘ng mehmonlar oliy harbiy ta’lim muassasasi o‘quv jarayoni, moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Ayjamal JOLDASBAYEVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamen


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!