Qozog‘iston masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi

Qozog‘iston masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi

31 iyul kuni Qozog‘iston masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Naurizbay Hoji Tag‘ano‘g‘li ma’lum qildi.

«Allohning irodasi bilan, Ulamolar Kengashi bu yilgi Qurbon hayiti bayrami 31 iyul va 1-2 avgust kunlari bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Ammo mamlakatda karantin muddati 2 avgustgacha uzaytirilganligi sababli, mamlakat ichidagi masjidlar yopiladi. Shu munosabat bilan 31 iyul kuni Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi», - dedi Bosh muftiy.

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!