Borrel: Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari Rossiyani yaxshi do‘st deb bilishadi

Borrel: Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari Rossiyani yaxshi do‘st deb bilishadi

Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiyani yaxshi do‘st deb biluvchilar ko‘p.

U Buyuk Britaniyadagi ma’ruzasida aytganidek, Yevropa Ittifoqida hamma ham Rossiya tahdidiga shaxsiy bahosini bildirmaydi.

"Evropa Kengashining ba’zi a’zolari: "Yo‘q, Rossiya ekzistensial tahdid emas, hech bo‘lmaganda men uchun Rossiyani yaxshi do‘st deb bilaman", deyishadi. Ularning soni ko‘p emas, lekin bor”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Borrelning o‘zi shaxsan u Rossiya "Evropa uchun ekzistensial tahdid" deb hisoblashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!