Qozog‘iston YEOII davlatlariga ultimatum qo‘ydi

Qozog‘iston YEOII davlatlariga ultimatum qo‘ydi

Qozog‘iston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi pozisiyasi haqida qayg‘uryapti. O‘yinning teng bo‘lmagan qoidalari, hukumatni assosiasiya a’zolariga bir qancha savollar bilan murojaat qilishga undadi, deb xabar bergan LS.

Evroosiyo hukumatlararo kengashida Bosh vazir Asqar Mamin boshchiligidagi delegesiya bir qancha masalalarni o‘rtaga qo‘ygan.

Jumladan, Integrasiya va Savdo vaziri Baxit Sultonov dori-darmon vositalarini o‘zaro avtomatik tan olish muammosini hal etishni taklif etgan.

“Muayyan dori vositalari narxlari mamlakatlarimizda 2 yoki 3 barobargacha farqqa ega. Buning sababi esa dori vositalarini ro‘yxatga olishni tan olish tizimining kechiktirilayotganidir. Taklifimizga ko‘ra, Yevroosiyo komissiyasi dori-darmon vositalarini qo‘shimcha tekshirish tartibisiz o‘zaro tan olish tizimini joriy etsa, bu barcha tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan bo‘lardi”, deydi Sultonov.

Bugungi kunda, Qozog‘iston oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiya va YEOIIning boshqa mamlakatlariga olib kirishda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarni taqdim etishi shart. Sertifikatni talab qilish to‘g‘ri, albatta. Ammo, bugungi kunda bunday sertifikat har bir tovar partiyasi uchun talab qilinadi. Shu jumladan, saqlash muddati cheklanganlar uchun ham», – dedi Sultonov.

Tegishli sertifikatni olish prosedurasi esa bir kundan uch kungacha davom etadi.

«Ya’ni, har bir partiya uchun, masalan, Rossiya yoki Qirg‘izistonga eksport qilinadigan qaymoq yoki kefir uchun ham alohida ishlab chiqarilganlik sertifikatini olishi kerak. Bu nafaqat eksportchiga qo‘shimcha moliyaviy yukni yuklaydi, balki mahsulotimizning yaroqlilik muddatini ham qisqartiradi», – dedi Savdo vazirligi rahbari. U masalani hal qilish uchun ishchi guruh tuzilishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.

U yana Qozog‘iston YEOII alkogol bozorida ishtirokchilar uchun teng sharoitlar qaror topishi istagida ekanligini bildirgan. Savdo vaziri hatto ultimatum qo‘yishga majbur bo‘lgan.

“Avvalroq aytganimizdek, Qozog‘iston tomoni agar ittifoqdagi qatnashuvchilar mahalliy mahsulotlar erkin savdosi uchun o‘z bozorlarini ochishni istashmasa, u ham ekvivalent choralar bilan o‘z bozorini himoyalashga majbur bo‘ladi”, deya o‘z bayonotida keltirib o‘tgan savdo vaziri.

O‘z navbatida, Sultonov Belarussiya tomonini tanqid ostiga oldi.

«Biz bu masalani uzoq vaqtdan beri Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining alkogol bozorini tartibga solish to‘g‘risida kelishuv bilan hal qilishga chaqiramiz. Biz mavjud vaziyatni hisobga olmaslik fikridan yiroqmiz, bor-yo‘g‘i sherik-davlatlar bilan birgalikda YEOII doirasida yagona alkogol bozorini tashkil etishga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga intilyapmiz”, – deya qo‘shimcha qildi Sultonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!