Qoyil! Jarroh yura olmaydigan, miya falajiga chalingan 13 yoshli qizni oyoqqa turg‘azdi. Tekinga!

Qoyil! Jarroh yura olmaydigan, miya falajiga chalingan 13 yoshli qizni oyoqqa turg‘azdi. Tekinga!

Vladikavkazlik taniqli jarroh Kazbek Kudzayev butun umri davomida yura olmagan, faqat emaklashga mahkum bo‘lgan tojikistonlik 13 yoshli miya falajiga chalingan qizni oyoqqa turg‘izdi. Bu haqda “Stavropol” davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Bepul operasiya taxminan 4,5 soat davom etdi. Bir necha kundan keyin bemor o‘rnidan tura boshladi. Shifokorning aytishicha, kelajakda u mustaqil yura oladi. Bu orada u reabilitasiyadan o‘tishi kerak, bu taxminan bir oy davom etadi.

Ta’kidlash kerakki, jarroh qiz haqida xayriya jamg‘armalaridan birining vakillaridan bilib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!