Qoyil! 44 farzandni dunyoga keltirgan 39 yoshli ona

Qoyil! 44 farzandni dunyoga keltirgan 39 yoshli ona

Ugandalik 39 yoshli Mariam Nabatanti butun hayoti davomida 44 farzandni dunyoga keltirdi.

Ayol oltita marotaba juft egizak, to‘rt marotaba uch egizak, yana besh marotaba to‘rt egizakni birdaniga dunyoga keltirgan. Biroq, afsuski, 44 farzandidan 38 nafarigina tirik qolgan, qolgan oltitasi esa tug‘ilganida yoki kasallik tufayli vafot etgan, deydi “The Sun”.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Mariam birinchi egizaklarini 12 yoshida, nikohdan bir yil keyin tuqqan. Aytgancha, Uganda - Afrika mamlakatlari orasida eng serfarzandi hisoblanadi. Bu yerda bir ayol o‘rtacha 5-6 bolani dunyoga keltiradi. Nabatanti esa bu hududda rekordchi onadir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!